"Barselona" braziliyalik himoyachi uchun 30 mln evro taklif etadi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025, 20:34
"Barselona" "Monako"ning o'ng qanot himoyachisi Vanderson uchun taklif tayyorlamoqda.

"Ko'k-anorranglilar" ancha avval braziliyalik futbolchiga da'vogarlar qatoriga kirgan va endi aniq harakat qilish niyatida. 

Jurnalist Valentin Furlanning so'zlariga ko'ra, Kataloniya grandi Vanderson uchun 30 mln evrolik taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Himoyachiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirgan, biroq hozircha hech kimdan rasmiy takliflar kelib tushmagan.

Vanderson o'tgan mavsum "Monako" safida 41 o'yinda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. 23 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi libosida 7 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports