"Barselona" "Bayer" futbolchisiga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
7 dek 2024, 02:16
"Barselona" "Bayer" futbolchisi Jonatan Ta transferi ustida ish olib bormoqda.

Kataloniya klubi 28 yoshli himoyachiga 2025 yil yozida erkin agent sifatida o'tishini taklif qildi. Hozircha tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.

"Barselona" sport direktori Deku va agent Pini Zaxavi o'zaro uchrashuv o'tkazgan. Zaxavi, o'z navbatida, "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flikning ham agenti hisoblanadi.

Jonatan Ta ushbu mavsumda Bundesliganing 12 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano