"Barselona" "Bavariya" futbolchisini xarid qilishga yaqin

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018, 14:27
"Barselona" "Bavariya" bilan Myunxen jamoasi himoyachisi David Alabani yozda xarid qilish borasida muzokara o'tkazmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ikki klub o'rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Futbolchining o'zi ham bunga qarshi emas. Avstriyalikning transferi 70 mln. evroga baholanmoqda. Alabaga "Real" ham qiziqish bildirmoqda, ammo ayni damda futbolchi uchun kurashda "Barselona" yetakchilik qilmoqda.

Himoyachining "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Alaba 2009 yildan beri Myunxen klubida to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon