"Barselona" APLdan himoyachi ko'zlab qo'ydi

Mirjalol Normatov
25 fev 2026
"Barselona" yozda himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"The Touchline" ma'lumotiga ko'ra, Kataloniya klubi "Bornmut" himoyachisi Markos Senesini ko'zlab qo'ygan. "Barselona" bosh murabbiyi uning o'yin uslubini bungacha jamoada o'ynab ketgan Inigo Martinesga o'xshatmoqda. Agarda klub Alessandro Bastonini "Inter"dan sotib ololmasa, 28 yoshli argentinalikka ko'z tikadi.

Senesining "Bornmut" bilan kelishuvi 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Keyinchalik himoyachi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolash imkoniyati paydo bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Touchline