“Barselona” Andre Gomeshni “Yuventus”ga sotmaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2017
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh Kataloniya jamoasini tark etmaydigan bo'ldi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchini “Yuventus”ga sotish fikridan qaytishgan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde yarim himoyachini o'z taktika sxemasida ko'ryapti.

Endi “Yuventus” bor e'tiborini “PSJ” yarim himoyachisi Blez Matyuidiga qaratadi. “Keksa sinoralar” o'tgan yilning yozidan beri Blezni o'z saflariga qo'shib olish uchun harakat qilishyapti.

 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: