"Barselona" Agueroning agenti bilan kelishib oldi

Alisher
14 may 2021, 10:20
"Barselona" "Manchester Siti" forvardi Serxio Agueroning ehtimoliy transferi borasida kelishuvga erishdi.

Tomonlar 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishdi. Endi o'yinchining o'zi Kataloniya klubiga o'tishga rozilik bildirishi qoldi.

Agueroda ayni damda 2ta aniq taklif bor - "Yuventus" va "Barselona"dan. Argentinalikka hozircha "ko'k-anorranglilar" varianti yoqmoqda.

32 yoshli hujumchi joriy mavsum so'nggida erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.