"Barselona" Adrianoning "Beshiktosh"ga o'tganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2016, 18:45
"Barselona" himoyachi Adrianoning "Beshitkosh"ga o'tganini e'lon qildi.

Turk klubi transfer uchun 600 ming evro to'laydi. Agar "Beshiktosh" Chempionlar ligasida ishtirok etsa "Barselona" yana 1,7 mln. evro oladi.

Adriano 2010 yilda "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda u sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com