"Barselona" 6-marta evrokuboklarda 4ta gol o'tkazib yubordi
Mirjalol Normatov
8 may 2019, 18:16
"Barselona" YCHLning 1/2 finalida "Liverpul"ga qarshi o'yinda 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Kataloniyaliklar 6-marta evrokuboklarning bir o'yinida 4 gol o'tkazib yubordi. So'nggi bora bu holat 2016/17 yilgi mavsumda PSJ maydonida qayd etilgandi, 0:4.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Barselona" 4:3 hisobida yutqazib, turnirni tark etdi.