"Barselona" 28 o'yinda birinchi marta PSJni mag'lub etdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 apr 2024
Chempionlar Ligasi 1/4 final doirasida PSJ o'z maydonida "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi.

Murosasiz kurashlarga va gollarga boy bo'lgan bahsda "Barselona" 3:2 hisobida g'olib bo'ldi.

Shunday qilib, Parij klubining 27 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi (19 g'alaba va 8 durang) yakuniga etdi. Bundan avval PSJ so'nggi bor "Milan"ga Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 2023 yil 7 noyabr sanasida imkoniyatni boy bergandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia