"Barselona" 2015 yildan beri mehmondagi eng yaxshi g'alabali seriyasini namoyish etmoqda

Alisher
8 fev 2021, 12:55
"Barselona" kecha Ispaniya chempionati 22-turi doirasida Sevilyaning "Betis" (3:2) klubini mag'lub etdi.

Bu bilan "ko'k-anorranglilar" mehmondagi ketma-ket to'qqizinchi g'alabani qo'lga kiritishdi. Bu "Barsa"ning 2015 yildan beri eng yaxshi seriyasi. O'shanda jamoa ustozi Luis Enrike edi.

"Barselona" La Ligada 21 o'yindan so'ng 43 ochko jamg'argan holda jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Kataloniyaliklar yetakchi "Atletiko"dan 7 ochko ortdalar, shu bilan birga madridliklarda 2ta zaxira o'yini mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: MisterChip