"Barsa" va "Real" 2017 yildan so'ng ilk bora Superkubokda o'zaro o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
13 yanv 2023, 09:52
"Barselona" va "Real" 2017 yildan buyon ilk bora Ispaniya Superkubogi o'yinida o'zaro to'qnash keladi.

2017 yilgi final ikkita uchrashuvdan iborat bo'lgan va o'shanda "Real" har ikkisida ham g'olib chiqqan - 3:1 va 2:0. 

Jamoalar o'tgan yili ham mazkur musobaqa doirasida uchrashishgandi. Faqatgina ushbu bahs Superkubokning yarim finali doirasida kechgan va bahsda "Real" qo'shimcha vaqtda 3:2 hisobida g'olib bo'lgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta