

"Barselona" va "Manchester Siti" "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisga bo'lgan qiziqishini davom ettirmoqda. Sportmediaset nashrining takidlashicha, kataloniyaliklar 29 yoshli gollandiyalik futbolchini hamon mudofaaning o'ng qanoti uchun asosiy nomzod sifatida ko'rishmoqda. Joau Kanseluning kelishi "Barselona"ning bu masaladagi fikrini o'zgartirmadi.
Dyumfrisning "Manchester Siti"ga o'tishiga esa jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola qiziqish bildirmoqda.
A Seriyasining joriy mavsumidagi 11 ta o'yinda Dyumfris bitta gol urdi va bitta sariq kartochka oldi. Denzel noyabr oyidan beri to'pig'idan olgan jarohati tufayli maydonlarga tushmasdan kelayapti.



