Bari Inzagini murabbiylikka taklif qilmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
29 dek 2015
Milanning sobiq futbolchisi va murabbiy Filippo Inzagi yana murabbiylikka qaytishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Inzagi xizmatlariga "Bari" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Klub B Seriyadagi so'nggi 5 ta o'yinning 4 tasida mag'lubiyatga uchradi. Shu sababli, rahbariyat hozirgi murabbiy David Nikolani iste'foga chiqarmoqchi.

Eslatib o'tamiz, bungacha Inzagining "Lion"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru