Barezi: "Ronalduni tariflay oladigan so'zlar mavjud emas"

Tolibjon Qosimov
21 dek 2013, 15:45
Italiyalik afsonaviy futbolchi Franko Barezi o'z versiyasiga ko'ra yilramziy jamoasini tuzdi. Uning tanlovi UEFA ko'rsatgan nomzxodlar asosida tuzilgan.
Manuel Noyer: U ajoyib darvozabon ekanini isbotlab kelyapti. Buni nafaqat ishonchli o'yinlari bilan, balki "Bavariya" bilan qo'lga kiritgan sovrinlari bilan ham isbot qildi. Noyer - jamoadagi sheriklariga ham o'z kuchiga bo'lgan ishonch baxsh eta oladigan shaxs.

Filipp Lam: U hujumda ham, hamoyada ham zo'r o'ynaydi. U "Bavariya" bilan yilni ajoyib o'tkazdi. U yuqori texnika sohibi va bir necha yillardan beri barqaror o'yin ko'rsatib kelmoqda.

Tiago Silva: Serxio Ramos bilan bir qatorda Tiagoni jahonning eng kuchli markaziy himoyachisi deb bilaman.

Serxio Ramos: Yoshi u qadar katta bo'lishiga qaramay u juda tajribali. Yaxshi texnika va gol ura olish qobiliyatiga ega bo'lgan futbolchi.

David Alaba: Yosh vayaratuvchanlik qobiliyati juda rivojlangan. Undan tashqari huddi katta tajribaga ega futbolchilardek o'ynaydi.

Yaya Ture: Bir necha yillardan buyon yuqori saviyada barqaror o'ynab kelayotgan ajoyib yarim himoyachi. Himoyada doim yordamga tayyor, hujumlvrni yaxshi boshlaydi va ko'p gol uradi.

Frank Riberi: O'z ampluasida tengsiz futbolchilardan. Riberi - kamchilikka ega bshhlmagan kam sonli futbolchilardan.

Marko Roys: U "Borussiya" bilan Chempionlar Ligasini yuta olmagan bo'lsada, uning tarkibida zo'r o'yin ko'rsatdi. Roysning kozeri - kuchli texnikasi va yuqori tezligi.

Diego Kosta: Hujumdagi ajoyb harakatlari va jismonan kuchliligi bilan juda yaxshi taassurot qoldirdi. U son va sifatni mujassam eta oladi.

Krishtianu Ronaldu: Uni tariflay oladigan so'zning o'zi mavjud emas. Bu yilni o'tgan yildan ham yaxshiroq o'tkazdi. Ronaldu ko'plab gollar urdi va termasini Jahon Chempioniga chiqishida katta hissa qo'shdi.

Zlatan Ibragimovich: U qayerda o'ynasa o'sha yerda g'olib bo'laveradi. Ibragimovichni o'ziga hos uslubi uni hammadan afratib turadi. U o'z o'yini bilan istalgan jamoani o'zgartirib yuborishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru