
– "Roma"ga qarshi o'yindagi penalti juda alamli bo'ldi, ammo bizning darvozabonimiz Gabriel juda qobiliyatli posbon, – deydi Barbara Berluskoni Milanello tvitteriga. – Montolivo to'rtinchi bor sariq kartchoka oldi, u Milan derbisida o'ynay olmasligi juda yomon. Ammo tarkibimizda kuchli futbolchilar ko'p. Yanvar oyidagi transfer oynasida yangi futbolchi olamizmi? Biz buni juda sabrsizlik bilan kutayapmiz.