Balotelliga APLdan kutilmagan taklif bo'ldi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2022
“Adana Demirspor” forvardi Mario Balotelli “tumanli Albion”ga qaytishi mumkin.

Italiyalik futbolchiga “Nyukasl” taklif bilan chiqmoqda. Biroq, Balotellining turk klubi bilan amaldagi kelishuvi 2024 yil yozigacha tuzilgan va shu tufayli “Nyukasl” uni qo'lga kiritish uchun yaxshigina mablag'dan voz kechiga to'g'ri keladi.

Mario APLda “Liverpul” va “Man Siti” sharafini himoya qilib, umumiy 21 ta gol urgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Inside Football