Balotelli "Lion"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
18 may 2017, 18:34
"Nicca" hujumchisi Mario Balotelli Fransiya chempionati so'nggi turida "Lion"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda "L`Equipe" nashriga jamoa ustozi Lyusen Favr ma'lum qilgan. Mutaxassis italiyalik hujumchida jarohat borligi va katta ehtimol bilan bu narsa unga o'yinda ishtirok etish imkonini bermasligini aytib o'tgan.