Balotelli Italiya terma jamoasiga qaytmoqchi

Alisher
18 noya 2021
"Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli Italiya terma jamoasiga qaytish xohishini bildirdi.

"Men a'lo darajadaman. Ikki yil o'tdi va hozir aytishim mumkinki, men "skuadra adzurra"ga qaytishga tayyorman. Buni orzu qilaman. Agar meni o'tish o'yinlari uchun terma jamoasi qaydnomasiga kiritishsa, Turkiyadan piyoda borishga tayyorman", - deydi futbolchi.

Balotelli joriy mavsum Turkiya chempionati doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Esltib o'tamiz, Italiya terma jamoasi bahorda JCH-2022'ga yo'llanma olish uchun o'tish o'yinlarida ishtirok etadi.


AlisherMuallif
Manba: OCW Sport