Balotelli “Flamengo" muxlislariga murojaat etdi

Eldor Akmurzayev
18 avg 2019
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli Braziliyaning Flamengo klubiga o'tishga yaqin edi.

Biroq, ayrim sabablarga ko'ra bu kelishuv amalga oshmadi va 29 yoshli futbolchi shu bois jamoa muxlislariga murojaat qildi.

Flamengoning barcha muxlislariga iliq munosabat uchun rahmat aytaman. Buni eshitish meni xursand qildi. Hammaga eng yaxshi tilaklarni tilayman”, – deya instagram'dagi sahifasiga post joylagan Mario.

Balotelli o'tgan mavsumning yarmini Marselda o'tkazib, 15 o'yinda 8ta gol urishga erishdi. Ayni vaqtda u faoliyatini Breshiyada davom ettiradi degan xabarlar bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/mb459