Balotelli A Seriyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019
"Nicca" hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, 28 yoshli forvardning xizmatlariga Sassuolo, Sampdoriya, Parma va Bolonya kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq italiyalik futbolchi "Marsel"ga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Balotellining jamoasi bilan shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U bu mavsum jamoasi safida gol ura olmayotgani bois "Nicca" bilan shartnoma yaqin vaqtlarda bekor qilinishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia