Ballardini: "Atalanta" va "Jenoa" o'rtasidagi farq juda katta"

Mirjalol Normatov
16 may 2021
"Jenoa" bosh murabbiyi Davide Ballardini A Seriyaning 37-turi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Skamakka, Pandev, Destro va Shomurodovning ushbu mavsumdagi gollari 33taga etdi.
- Oldin ham aytgandimdek, qo'l ostimdagi jamoadagi har bir inson o'z vazifasini yaxshi biladi va buni bajarishga harakat qilmoqda. Bu gaplarim yana o'z tasdig'ini topmoqda.

- 24 o'yinda 32 ochko to'pladingiz. Mavsumni qanday baholaysiz.
- Bizda shart-sharoitlar yaxshi emas. Ammo mavsumni shunga qaramasdan kutganimizdan yaxshi o'tkaza oldik deb o'ylayman.

- Birinchi bo'lim juda qiyin o'tdi, ikkinchisida esa "Jenoa" bor kuchi bilan kurashdi.
- "Jenoa" Yevropa saviyasidagi raqobatbardosh jamoaga qarshi o'ynadi, kurashdi va bazida qiyin holatga ham solib qo'ydi. Jamoamdan mamnunman.

- Yigitlarni ruxiy tomondan tayyorlash qiyin bo'lmayaptimi?
- Bu juda muhim. Chunki Siz murabbiy sifatida futbolchilarga o'rnak bo'lishingiz kerak. Biz har bir rahbar oldida o'zimizni yaxshi tomondan ko'rsatishimiz kerak. Shunday javobgarlik bo'ynimizda ekanligidan xursandman.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal