Ballak o'zi faoliyat yuritgan birinchi klubini bankrotlikdan qutqardi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2020, 16:54
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mixael Ballak og'ir moliyaviy ahvolda qolgan "Kemnicer" klubiga yordam berishga qaror qildi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar berdi.

"Kemnicer" Germaniyaning to'rtinchi divizioniga tushib ketgan va kasodga uchrash arafasida edi. Buni eshitgan Mixael o'ziga tegishli "Bavariya", "Chelsi", "Bayer" va Germaniya terma jamoasining 40 ta original libosini kim oshdi savdosiga qo'yishini ma'lum qildi. Har bir lot uchun savdo ikki yuz evrodan boshlanib, kim oshdi savdosidan tushgan barcha mablag'lar klub byudjetiga tushdi.

Avvaliga "Kemnicer"ga 450 ming evro kerak edi. Keyinchalik klub 300 ming yig'ilganligini e'lon qildi.

Ballak 12 yoshidan boshlab "Kemnicer" tizimida harakatlana boshlagan, 1995 yilda ushbu klubda professional debyutini o'tkazgan va 1997 yilgacha o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chemnitzerfc.de