"Baliqchi" Andijon Hokim Kubogi - 2020 sohibi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2020
Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” o'yingohida “Hokim kubogi-2020” musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda “Baliqchi” jamoasi “Uz-Tong Xong Ko” futbolchilariga qarshi to'p surdi va 4:2 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa g'olibiga aylandi. Taqdirlash marosimida viloyat futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Bekzod Karimov ishtirok etib, g'oliblarga kubok hamda qimmatbaho esdalik sovg'asini topshirdi. Aytish joizki, “Baliqchi” jamoasi birinchi ligaga o'tish turniriga yo'llanma oldi. 

Andijon viloyat hokim kubogi-2020

"Uz Tong Xong Ko" - "Fc Baliqchi" 2:4 

Gollar: A.Yuldashev 32 (1:0), J.G'afforov 36 (2:0), SH.Ishchanov 55 (2:1), T.G'offurov 66 (2:2), SH.Ishchanov 72 (2:3), T.G'offurov 90+2 (2:4)

Bosh hakam: T.To'xtasinov
Qanot hakamlari: A.Marajabov, Z.Abdurahmonov Zaxiradagi hakam: I.Qoraboev
Nazoratchi: T.Nizamov
Komissar: M.Mamedov

Quyida taqdirlash marosimidan va uchrashuvdan fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати