“Bayer” Janubiy Koreya yoshlari terma jamoasi hujumchisi Ryu Sin Vuni ijaraga oldi

19 dek 2013, 10:06
Janubiy Koreya yoshlari terma jamoasi hujumchisi Ryu Sin Vu, ijara evaziga “Bayer”ga etdi.

Bugun 20 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va tez orada jamoaga qo'shiladi.

Ijara muddati tugagach esa liverkuzenliklar o'yinchini doimiy muddatga jamoada olib qolish huquqiga ega bo'lishlari mumkin.

Ryu Sin Vu Janubiy Koreya  yoshlari tarkibida Turkiyada bo'lib o'tgan U-20 jahon chempionatida ishtirok etgan va Kuba va Portugaliya darvozalariga gol urishga erishgan.


Manba: sports.ru