Bahrom Vafoev xotira turniri yakunlandi

13 okt 2015, 00:45
Muborak shahrida Baxrom Vafoev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnirning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.


B.Vafoev nomli markaziy maydonida shuningdek 3-o'rin uchun uchrashuv ham o'tkazildi.

Dastlab maydonda  “Kasbi-BO'FM”(Kasbi) va “Yangier”(Yangier) jamoalari uchinchi o'rin kurashishdi. Qiziqarli bahsda 3:4 hisobi qayd etildi va yangierliklar xotira turnirining faxrli 3-o'rin sohibi bo'lishdi.

Finalda esa “Mashal-2002” va “Nasaf-2002” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu o'yin shiddatli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Final uchrashuviga to'plangan tomoshabinlar yosh va iqtidorli futbolchilar ishtirokidagi ajoyib futbol uchrashuvini miriqib tomosha qilishdi. Finalda  yosh “nasaf”chilar 2:1 hisobida g'olib bo'lishib, musobaqa bosh sovriniga ega bo'lishdi.


3-o'rin uchun bahs.
“Kasbi-BO'FM” – “Yangier” 3:4

Final
“Mashal-2002” – “Nasaf-2002” 1:2

O'xshash yangiliklar


Manba: fcmashal.uz