Bahrom Haydarov: "So'g'diyona"ning omadi keldi"

Sherzod Nurmatov
11 sen 2021
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Surxon" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.






"Bugungi mag'lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Butun o'yin davomida to'pni nazorat qildik, futbolda gol urmasang, yuta olmaysan. Birinchi taymda 3 ta, ikkinchi taymda 2 ta vaziyat bo'ldi. Ammo shu 5 ta imkoniyatdan ham foydalana olmadik. Omadimiz kelmadimi yoki ijro mahorati yetishmadimi, bugun mag'lub bo'ldik. 

O'yin bo'yicha yigitlarga etiroz yo'q, o'z oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishdi. "So'g'diyona" jamoasining omadi keldi, chunki ular zo'r holatda emasdilar. Uch ochko olishimiz mumkin edi, endi ishlashda davom etamiz", – deydi Bahrom Haydarov.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia