Bahrom Haydarov: “Musobaqa jadvalidagi hozirgi o'rin “Surxon”ga yarashmaydi”

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2020, 21:29
Coca Cola Superligasi 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
O'yindan o'yinga jamoa kuchayib borishi kerak. Mashg'ulotlarda juda yaxshi tayyorgarlik ko'rilgandi, buni birinchi bo'limdan ham bilib olsa bo'ladi. Birinchi bo'limda teng kurash kechdi deb o'ylayman. Diqqat-e'tiborni yo'qotdik va bitta gol o'yinni burib yubordi.

"Surxon" oxirgi 3 ta o'yindan beri yuta olmayapti. Keyingi 2 turda "Paxtakor" va "Lokomotiv" bilan qiyin o'yinlar kutib turibdi. Jamoadan g'alaba kutsak bo'ladimi?

Superligada har bir o'yinda yutishimiz mumkin, bizda yaxshi tarkib yig'ilgan. To'g'ri, "Paxtakor" va "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashadigan kuchli jamoalar hisoblanishadi, ammo biz mag'lubiyat uchun emas, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. O'ylaymanki, faqat yutuqqa erishish uvchun o'ynaymiz. Hozirgi o'ringa loyiq jamoa emasmiz, ochkolarni yig'ib, yuqori o'rinlarga chiqib olamiz degan umiddaman.

Aziz Ibragimov haqida
Aziz Ibragimovni 2 ta o'yinda o'ynatdik, yaxshi o'ynadi. Jamoa 20 futbolchidan iborat.
O'rinbosarlar tarkibida o'ynab, har o'yinda gol urayotgan o'yinchini qachondir sinab ko'rishimiz kerak edi, vaziyatdan kelib chiqib, Aziz Ibragimovni emas, yosh futbolchini maydonga tushirdik. Muhammad-Ali Abdurahmonov bugun debyut qildi, uning kelajagi porloq.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia