Bahodir Pardaev Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma imzoladi

Aziz Tukhtamuradov
28 mar 2017
O'zbekistonlik legioner futbolchilar soni yana bittaga ko'paydi.


"Qo'qon-1912" futbolchisi Bahodir Pardaev Janubiy Koreyaning "Bucheon 1995" jamoasi a'zosiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi yil boshida "Buxoro"dan qo'qonliklar safiga borib qo'shilgan edi.

Ma'lumot uchun, "Bucheon 1995" klubi Koreyaning "K League Challenge" divizionida ishtirok etadi. Bu mamlakatdagi ikkinchi darajali liga hisoblanadi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia