

"Qo'qon-1912" futbolchisi Bahodir Pardaev Janubiy Koreyaning "Bucheon 1995" jamoasi a'zosiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi yil boshida "Buxoro"dan qo'qonliklar safiga borib qo'shilgan edi.
Ma'lumot uchun, "Bucheon 1995" klubi Koreyaning "K League Challenge" divizionida ishtirok etadi. Bu mamlakatdagi ikkinchi darajali liga hisoblanadi.




