Bahodir Nasimovning goli "Neftchi"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 17:00
Kecha Ozarboyjon premer ligasida 10-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Neftchi" o'z uyida "Revan"ni qabul qilib g'alaba qozondi - 2:1. Mezbonlar safida g'alaba to'pini aynan Bahodir Nasimov raqib darvozasiga urdi. Nasimov bu o'yinda ikkinchi bo'limda maydonga tushgandi. Bu gol hamyurtimizning mavsumdagi to'rtinchi goli bo'ldi.

"Neftchi" 10ta o'yindan 21 ochko to'plab musobaqa peshqadam bo'lib turibdi.


"Neftchi" - "Revan" 2:1
Gollar
: Denis 65, Bahodir Nasimov 79 - Varea 8.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia