Bu borada O'zbekiston futbol federatsiyasi qoshida faoliyat olib borayotgan "Futbol-Med" sho'ba korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar salmoqli bo'lmoqda. Aynan ushbu tibbiy korxona futbolchilarimizni salomatligini doimiy ravishda nazorat qilish bilan birgalikda, klublarimizda ishlayotgan shifokorlar uchun turli o'quv-seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Seminar davomida jahonga mashhur bo'lgan tibbiyot xodimlarining maruzalari esa kelgusida klublarimizda faoliyat olib borayotgan shifokorlar uchun qo'l kelishi shubhasiz.
Dekabr oyi so'nggida Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol federatsiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va Italiyaning "Medekspert" kompaniyasi tomonidan "sportchilarning shikastlanishida diagnostika va davolashning zamonaviy yondoshuvi" mavzusida o'quv-seminar bo'lib o'tdi. Seminar davomida Moskvadan taklif etilgan professor A.Parastaev va V.Karmazinlar bilan birgalikda o'zbekistonlik mutaxassislarning maruzalari tinglandi. Ushbu seminar xususida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lish maqsadida, "Navbahor" futbol klubi shifokori Bahodir Abdug'anievga bir nechta savollar bilan murojaat etdik.
- Bahodir aka, seminarni qanday o'tganligi xususida gapirib bersangiz?
- Seminar avvalida Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov va O'zbekiston futbol federatsiyasi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaevlar so'z olib, sportda, xususan futbolda tibbiyotning o'rnini beqiyosligi xususida gapirishdi. Shu bilan birgalikda, tibbiyotda qo'llanilayotgan yangi zamonaviy uslublar borasida tushunchaga ega bo'lib borish muhim ahamiyat kasb etishini bildirib, aynan shu maqsadda shu kabi seminarlarni tashkil etilayotganligini takidlashdi. Umuman olganda seminar davomida qator yangi usullar xususida bilib oldik. Bu kabi o'quv seminarlarini tashkil etilishi biz kabi shifokorlarni kelgusida samarali tarzda ish yuritishimiz uchun qo'l kelishi shubhasiz. Shu sababdan seminar tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib o'taman.
- Seminarga taklif etilgan xorijlik mutaxassislar haqida ham ma'lumot berib o'tsangiz? Ular qaysi mavzularda maruza qilishdi?
- Seminarga Rossiyadan ikki nafar xorijlik mutaxassislar taklif etilishgan ekan. Ulardan biri professor A.Parastaev bo'lib, u Rossiya tibbiyot milliy tadqiqot universitetida faoliyat olib borish bilan bir qatorda Rossiya sport tibbiyot assotsiatsiyasi vice-prezidenti vazifasini ham bajaradi. Shu bilan birgalikda Rossiya Olimpiya qo'mitasi o'quv-ekspert kengashi a'zosi ham sanaladi. V.Karmazinni esa Rossiya sport tibbiyoti markazida sport shifokori sifatida ish yuritishi ma'lum bo'ldi. Xorijliklarning maruzalari xususida to'xtaladigan bo'lsak, Parastaev sport tibbiyotining rivojlanishining asosiy tendenciyalari, sportchilarni yuqori cho'qqiga erishishiga zamonaviy yondoshish dasturi, sport farmakologiyasi va sportchilarni to'g'ri ovqatlantirish mavzusida maruzalar o'qidi. Karmazin esa sportdagi shikastlanish, uning kechish mexanizmi, diagnostikasi, profilaktikasi, futbolchilarning shikastlanishini maxsus dasturlari xususida tushunchalar berdi. Shuningdek, yurtimizda faoliyat yuritayotgan tajribali tibbiyot mutaxassislari ham maruza qilishdi. Jumladan, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish institutining kardiologiya kafederasi mudirasi G.Tulabaev sportchilarning ortiqcha shug'ullanishi oqibatida yuzaga keladigan toliqishining diagnostikasi va profilaktikasi mavzusida maruza o'qidi.
- Seminar davomida tinglovchilar uchun o'ziga xos yangilik ham bo'ldimi?
- Albatta. Seminar davomida bir qator yangiliklardan xabardor bo'ldik. Shu bilan birgalikda, o'z bilimlarimizni mustahkamlab oldik. Ayniqsa "Jar" sport jarohatlari markazining direktor o'rinbosari A.Mamatxo'jaev tomonidan namoyish etilgan videoroliklar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Shu bilan birgalikda, o'yin yoki mashg'ulot paytida futbolchilarda yurak xuruji alomatlari kuzatilgan hollarda defibrlyator apparatini ishlatish jarayoni nazariy va amaliy tarzda namoyish etib berildi.
- Suhbatimiz so'nggida "Navbahor" jamoasi haqida gaplashsak. Barchaga ma'lumki, o'tgan mavsumda yetakchi futbolchilar G'ayrat Jo'raev va Ilhom Boydedaevlar jarohat olib safdan chiqishgandi. Ayni paytda ushbu futbolchilarning ahvoli qanday?
- Ilhom Boydedaev jarohatdan keyin Toshkentda jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Ma'lum vaqt davomida tiklanish jarayonini boshidan o'tkazgan Ilhom jamoamizning dekabr oyida tashkil etilgan qisqa muddatlik yig'inida ishtirok etdi. Ayni paytda esa o'zini juda yaxshi his qilmoqda. Jo'raev xususida to'xtaladigan bo'lsak, yarim himoyachimizni oyog'ini singanidan ko'pchilikni xabari bor. G'ayratning oyog'idagi jarohat jiddiy bo'lganligi bois dastlab, uni operaciya qilindi. Ayni paytda futbolchi uyida davolanmoqda. Oyog'idagi gips echilmaganligi bois uni mashg'ulotlarga qaytishiga hali erta. Taxminan 25 yanvarlarda gips olib tashlanadi. Ana shundan keyingina fiziomuolajalar amalga oshiriladi va yakka tartibda shug'ullanishni boshlaydi.
Shavkat Sodiqov suhbatlashdi.