Badshtuber: "Uzoq vaqt futbol o'ynashim yo'lini topamiz"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2016, 13:17
"Bavariya" himoyachisi Xolger Badshtuber "Augsburg"ga qarshi Germaniya Kubogi bahsi haqida (3:1) fikr bildirdi.

Futbolchi uzoq vaqt jarohatini davoladi, ushbu bahsning 81-daqiqasida maydonga tushdi.

"Maydonga tushganimdan juda xursand bo'ldim. Yana o'ynash imkoniyatiga egaligimni juda qadrlayman. Bu mening jarohatdan so'ng oxirgi safga qaytishim. Tanamga ishonaman va uzoq vaqt futbol o'ynashim yo'lini topamiz" - deydi Badshtuber.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1