Babayan boshchiligidagi "Navbahor" Turkiyada yig'in olib boradi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2021
Samvel Babayan bosh murabbiyligi ostidagi jamoa ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini Namanganda o'tkazdi va qisqa tatilga yo'l oldi.

"Namangandagi yig'in 20-28 dekabr kunlari o'tkazildi va unda mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi. 

Endilikda "Navbahor" vakillari yangi yil munosabati bilan qisqa muddatli tatilga chiqishadi. 

Jamoa a'zolari 2022 yilning 5 yanvar kuni Toshkentda yig'ilib, tibbiy ko'rikdan o'tishadi va 6 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab kyetishadi. 

“Lochinlar”ning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida tarkibga yangi futbolchilarning qo'shilishi, shuningdek, bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan", – deyiladi "Navbahor" matbuot xizmati bergan xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати