BAA. Otabek Shukurov gol urgan o'yinda "Al-Sharja" autsayderga mag'lub bo'ldi

Eldor Akmurzayev
29 yanv 2020, 22:55
BAA chempionati 14-turidan o'rin olgan “Xorfakkan” va “Al-Sharja” o'rtasidagi bellashuv yakunlandi.

O'yinning 12-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Otabek Shukurov uzoqdan kuchli zarba berib, raqib darvozabonini dog'da qoldirgani holda hisobni ochgandi. Ammo mezbonlar o'yinda muvozanatni tiklab, hisobda oldinga ham chiqib oldi. Bu muvaffaqiyatsizlik sharjaliklar uchun sharmandalik sifatida qabul qilinishi mumkin. Chunki jamoaning bugungi raqibi 13 o'yinda 4 ochko to'plab, musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgandi. 

“Xorfakkan” – “Al-Sharja” 1:1

"Holid bin Muhammad" o'yigohi

Gol: 1:0 Shukurov 12, 1:1 Fahad Hadeed, 2:1 Junino. 

BAA chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia