

"Birlashgan Arab Amirliklari gazetalarining yozishicha, mamlakat futbol associaciyasi niderlandiyalik Bert van Marveykni milliy terma jamoa bosh murabbiyi vazifasiga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda.
Mazkur mutaxassis 1 yil muqaddam jamoaning Fors ko'rfazi kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki tufayli iste'foga chiqarilgan edi.
Van Marveykdan keyin BAA bosh jamoasini boshqargan 2 nafar mutaxassis birorta ham rasmiy o'yin o'tkazmagan", deyiladi xabarda.



