BAA. "Shabab Al Ahli" g'alabaga erishdi, "Xatta" va "Sharja" mag'lubiyatga uchradi

Sherzod Nurmatov
12 may 2021, 01:22
Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 26-turidan o'rin egallagan bir nechta uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Doston Hamdamov harakatlanayotgan "Xatta" jamoasi safarda "Al Ayn"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Kayoning yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. Mehmonlar tarkibida Hamdamov 52-daqiqada Al Hammadi o'rniga maydonga tushirildi.

Jaloliddin Masharipov hamda Odil Hamrobekov faoliyat olib borayotgan "Shabab Al-Ahli" mehmonda "Al Nasr"ga qarshi o'ynadi. Masharipov qaydnomadan o'rin olmagan bo'lsa, Hamrobekov 63-daqiqada Al Hasmi o'rniga maydonga tushdi. Murosasiz o'tgan bellashuv dubayliklar foydasiga hal bo'ldi. 

Eng qizig'i, Otabek Shukurovning "Sharja" jamoasi ham safarda "Al Ittihod" bilan o'yin o'tkazdi. Uchrashuv taqdirini Mlapa tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Shukurov to'liq 90 daqiqa o'ynadi.

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia