BAA Pro ligasi. Aziz G'aniev g'alaba goliga assistentlik qildi

Iskandarov Abdulaziz
15 okt 2022
BAA Pro ligasining 6-turidan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" - "Al Jazira" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Murosasiz ruhda o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Hamyurtimiz Aziz G'aniev 90+7 daqiqada Yussef Jobirning goliga assistentlik qildi. Amalda ushbu gol Dubay klubiga 3 ochkoni taqdim etdi. Leonardu Jardim shogirdlari ushbu uchrashuvdan so'ng 10 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.  

BAA Pro ligasi. 6-tur

"Shabab Al Ahli" - "Al Jazira" 2:1

Gollar: Halifa Al Hammadi (avtogol) 30, Yussef Jobir (Aziz G'aniev) 90+7 - Bruno 87


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia