BAA. Ikkita penaltini ura olmagan "Al Shabab" mag'lub bo'ldi

Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynaydigan hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepadigan "Al Shabab" jamoasi 12-turni o'z uyida "Al Dafra"ga qarshi o'ynadi.

O'yinning 25 va 65-daqiqasida mezbonlar vakillari Jo va Karlos Villanueva penaltidan gol ura olishmadi. Bu esa jamoaga qimmatga tushdi va "Bunyodkor"ning OCHL-2016 pley-offidagi raqibi 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Aziz Haydarov bu uchrashuvda 90 daqiqa o'ynadi. "Al Shabab" 12ta o'yindan 19 ochko to'plab musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Jamoa keyingi o'yinni 25 dekabr kuni safarda "Al Vasl"ga qarshi o'tkazadi.  

BAA chempionati, 12-tur.

"Al Shabab" - "Al Dafra" 1:2
Gollar: Muhammad Juma Eyd 85 - David Barral 45, M.Diop 74.
Amalga oshirilmagan penalti: Jo 25, Karlos Villanueva 65.



Manba: championat.asia