

Bu turda ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan jamoalar to'qnash kelishdi. "Al Shabab" o'z maydonida "Al Shaab"ni qabul qildi. Unda Azizbek Haydarov faoliyat olib borayotgan "Shabab" 3:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Haydarov to'liq o'ynadi, mehmonlar tarkibida Shavkat Mullajonov birinchi bo'limdan so'ng almashtirildi.
"Al Shabab" 22ta o'yindan 32 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda, "Al Shaab" esa 6 ochko bilan oxirgi 14-pog'onadan joy olgan.
"Al Shabab" - "Al Shaab" 3:0
Gollar: Muhammad Ali Ayed 26, Enrike Luvannor 88, 90+2



