BAA. “Al Shabab” ketma-ket uchinchi o'yinda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2016, 13:30
BAA chempionatida 13-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda terma jamoamiz yarim himoyachisi Azizbek Haydarov to'p tepayotgan “Al Shabab” klubi safarda “Al Vahda” mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Haydarov doimgidek uchrashuvda to'liq o'ynadi. “Al Shabab” jamoasi 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. "Shabab" keyingi o'yinni 27 dekabr kuni o'z uyida "Emireyts"ga qarshi o'tkazadi.


BAA pro ligasi

"Al Vahda" - "Al Shabab" 1:1
Gollar: Muhammad Al Akbari 25 - Muhammad Ibrohim 27


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia