
Vakillarimiz o'rin olgan “S” guruhida barcha o'yinlar yakunlandi. Marokash U-17 o'smirlar terma jamoasi kecha Panama U-17 o'smirlar terma jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va guruhda 1-o'rinni egalladi. Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi o'smirlar terma jamoamiz ham payshanba oqshomida guruhdagi so'nggi o'yinini Xorvatiya U-17 o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkazib ajoyib g'alabaga erishdi va guruhdagi 2-o'rinni band etib, dastlabki vazifani uddaladi.
Marokash - Panama 4:2 ( 2:1).
24 oktyabr. “Al Sharja” stadioni.
Hakam: Pavel Kralovec.
Gollar: Bnu Marzuq (31, 40), Hamza Saxiy (49), Achahbar (85) - Vald (21), Zorrilla (88)
1.Marokash 3 2 1 0 7-3 7
2.O'zbekiston 3 2 1 0 4-1 7
3.Xorvatiya 3 1 0 2 3-5 3
4.Panama 3 0 0 3 2-7 0