Azmun "Roma"da Jekoning o'rnini egallashi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 avg 2021
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi eronlik hujumchisi Serdar Azmun tez orada Joze Mourinyu qo'l ostida Italiya A Seriyasida o'ynashi mumkin. Futbolchi "Roma"da bosniyalik Edin Jekoning o'rinbosari sifatida qaralmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Azmun "Roma"ning hujum chizig'ini kuchaytirishda asosiy maqsadlardan biri bo'lib turibdi. Avvalroq Azmunning "Bayer"ga o'tishi aytilgandi, ammo nemis klubi eronlik futbolchini sotib olish o'rniga, o'z futbolchisi Lukas Alario bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Serdar Azmun Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumini ajoyib tarzda boshladi, u 4 uchrashuvda 5 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport