Azmun, Karimi, Taremi va boshqalar. Eron terma jamoasining Toshkentga keladigan tarkibi ma'lum

Xayrulla Xoliqov
5 okt 2020, 18:02
Xabaringiz bor, 8 oktyabr kuni O'zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skochich Toshkentga tashrif buyuradigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Unga ko'ra, tarkibdan 23 futbolchi o'rin olgan.

Darvozabonlar: Amir Abedzade ("Maritimu"), Payam Niazmand ("Sepaxon"), Rashid Mazaheri ("Istiqlol").

Himoyachilar: Majid Hossaeyni ("Trabzonspor"), Hosseyn Kanaanizadegan "Persepolis", Shoja Xalilzade ("Persepolis"), Aref Golami ("Istiqlol"), Sadeg Moharami ("Dinamo"), Milad Mohammadi ("Gent"), Mojtaba Najarian ("Fulad"), Siamak Nemati ("Persepolis"). 

Yarim himoyachilar: Haji Saif ("Traktor"), Ali Karimi ("Istiqlol"), Ahmad Nurullahi ("Persepolis"), Omid Nurafkan ("Sepaxon"), Ali Golizade ("Sharlurea"), Saman Goddos ("Brentford"), Mehdi Gaedi ("Istiqlol"), Vohid Amiri ("Persepolis"), Mehdi Torabi (jamoasiz). 

Hujumchilar: Syerdar Azmun ("Zenit"), Mehdi Taremi ("Portu"), Kaveh Rezai ("Sharlerua"). 

Ko'rib turganingizdek, Toshkentga keladigan tarkib yomon emas. Jamoa safida Azmun, Mehdi Gaedi, Siamak Nemati, Mehdi Taremi, Ali Karimi kabi yulduzlar bor. Bu esa o'yin ancha qiziq kechishini ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia