Azmiddinov "Andijon"dan ketdi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025
Himoyachi Shahzod Azmiddinov "Andijon" klubi va uning muxlislari bilan xayrlashdi.

"Andijon"ga ushbu 6 oy uchun rahmat!

Bu vaqt men uchun muhim tajriba va yangi bosqich bo'ldi.

Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoaga ishonch, qo'llab-quvvatlash va maydondagi kurash uchun minnatdorman.

Muxlislarga alohida rahmat - har doim yonimda bo'lganingiz uchun. Shartnoma yakunlandi, lekin bu davr xotiramda qoladi. Endi oldinga - yangi maqsadlar bilan", – dedi futbolchi.

25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "burgutlar" safida 15 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

Avvalroq "Paxtakor" uni ortga qaytarayotgani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia