

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, BAA chempioni "Shabab Al Ahli" klubi Azizjon G'anievga 1+1 ko'rinishidagi yangi shartnoma taklif qilgan. O'zbekistonlik yarim himoyachi ushbu taklifni qabul qilgan va shartnoma uzaytirilgan. Ikki kundan keyin G'aniev klub ixtiyoriga yetib boradi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Ma'lumot uchun, "Shabab Al Ahli" 15 avgust kuni OCHL saralash bosqichida Iordaniyaning "Al Vihdat" klubini qabul qiladi. Ushbu juftlik g'olibi 22 avgust kuni Saudiya Arabistonida "Al Nassr" klubi bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurashadi.
BAAda yangi mavsum 18 avgust kuni start oladi. "Shabab Al Ahli" 1-turni safarda "Ajman"ga qarshi o'tkazadi.



