Azizbek Haydarov jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2016
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov kecha "Al Shabab" tarkibida jarohat oldi.

"Azizbek Haydarov "Al Ayn"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Ertaga tibbiy tekshiruvdan so'ng uning qachon maydonga tushishi ma'lum bo'ladi", - deb yozadi futbol agenti Sanat Sharipov tvitterdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn" bilan o'yinning tanaffusida Haydarovning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushirilgan.

O'zbekiston terma jamoasi 15 noyabr kuni JCH-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia