Aziz Ibragimov: "Ayrim sabablarga ko'ra "Dachiya"ga o'tishim amalga oshmadi"

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2015, 08:35
Joriy mavsumning birinchi qismini Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'tkazgan Aziz Ibragimov kuni-kecha "Buxoro"ga ko'chib o'tdi.
Rasmiy kelishuvga erishilgach, futbolchi "championat.asia"ga bu haqda xabar berdi.

- "Buxoro" bilan mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladim. Ochig'i aytganda, jamoamni o'zgartirishimning sabablari juda ko'p. Bunga hozir batafsil to'xtalmoqchi emasman. Endi bor e'tiborimni "Buxoro"ning muvaffaqiyatlariga qarataman. Jamoa menga yoqdi. Futbolchilarning ko'pchiligi bilan oldindan tanishmiz va iliq munosabatlar o'rnatilgan.

- Ha, "Dinamo" bilan aynan xorijdan taklif bo'layotgani uchun amaldagi shartnomani bekor qilgandik. Ammo xujjatlarimni olish biroz kechikdi. Natijada o'sha xorij klubi boshqa futbolchini xarid qildi. Sababi ular Yevropa ligasida ishtirok etardi va mavsum biroz ertaroq boshlanardi. Klubga esa legioner hujumchi zarur edi.

- Yashirmayman, Moldaviyaning "Dachiya" klubidan qiziqish bo'lgandi. Ular xatto rasmiy taklif bilan chiqqandi - deydi Aziz Ibragimov.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia