Aziz Asimov - Osiyo o'yinlari finalida ishlagan birinchi o'zbek hakami bo'ldi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2018, 14:39
Indoneziyada yozgi Osiyo o'yinlari yakuniga etganiga ko'p bo'lgani yo'q.

Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasida o'zbekistonlik FIFA hakami Aziz Asimov ishlaganini ko'pchilik bilmasa kerak. Hamyurtimiz musobaqa davomida 4ta o'yinda bosh hakam bo'ldi.

Finalda Janubiy Koreya Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etganidan barchaning xabari bor. Aynan shu o'yinda ham Asimov brigadasi ishladi. Shu tariqa Aziz Asimov Osiyo o'yinlari finalida ishlagan birinchi o'zbek hakami bo'lib tarixga kirdi.

E'tiborli tomoni, Asimov 9 iyuldan buyon Superliga bahslarida ishlamayapti. O'FA 16-turdan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Metallurg" uchrashuvidan keyin ushbu hakamni noma'lum muddatga chetlatgan edi.


Aziz Asimov Osiyo o'yinlarida quyidagi o'yinlarda ishladi:
14 avgust

BAA - Suriya 0:1

20 avgust
Indoneziya - Gonkong 3:1

27 avgust
BAA - KXDR 1:1 (penaltilar seriyasi 5:3)

FINAL
1 sentyabr

Janubiy Koreya - Yaponiya 2:1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia