Aziz Asimov Osiyo Kubogi–2019 saralash bosqichi uchrashuvida ishlaydi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2017, 10:56
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi–2019 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 3-turidan o'rin olgan KXDR – Livan uchrashuvlariga rasmiylarni tayinladi.

Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov mazkur o'yinda bosh hakam bo'lib ishlaydi. Alisher Usmonov va Timur Gaynullin qanot hakamlari vazifasini bajaradi. Zaxira hakami – Sherzod Qosimov.

O'yin komissari – hindistonlik Rufus Princ. Hakamlar nazoratchisi vazifasi Gonkong vakili Lam Chi Xoga yuklatildi. Eronlik Shahin Rahmoni xavfsizlik oficeri etib tayinlandi.

Ma'lumot uchun, KXDR – Livan uchrashuvi shu yilning 5 sentyabr kuni KXDR poytaxti Pxenyan shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com