Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Iordaniya chempionati o'yinini boshqarib boradi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2022, 15:20
Hakamlarimiz Iordaniya professional ligasida ishlashadi.

Iordaniya futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko'ra, FIFA hakamlari Aziz Asimov (bosh hakam), Alisher Usmonov (birinchi yordamchi hakam), Sanjar Shoyusupov (ikkinchi yordamchi hakam) va Rustam Lutfullin (to'rtinchi hakam) Iordaniya professional ligasining 21-turidan o'rin olgan "Al Vihdat" – "Al Faysali" uchrashuvini boshqaradi.

Ushbu jamoalar hozirda turnir jadvalini boshqarib borishmoqda. Tabiiyki, o'yin keskin kurashlarga boy bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Iordaniya professional ligasi, 21-tur

"Al Vihdat" – "Al Faysali"

Bosh hakam: Aziz Asimov 

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov

To'rtinchi hakam: Rustam Lutfullin

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази